Arab tilining morfologik tizimida fe’l muhim o’rinni egallaydi, bu fe’ldan kelib chiqqan so’zlarning muhim qatlamini (sifatdosh, sifat va h.k) o’z ichiga olganligi bilan bog’liq. Arab tilida fe’llarning aksariyat qismi uch undoshli o’zakka ega, shuningdek, to’rt undoshli o’zakli fe’llar ham mavjud.
Arabcha fe’lning uchta shakli mavjud: o’tgan zamon shakli - nutq paytidan oldin sodir bo’lgan harakatni ifodalaydi, hozirgi-kelasi zamon shakli - hozirgi paytda sodir bo’layotgan yoki kelajakda sodir bo’ladigan harakatni ifodalaydi, buyruq mayli shakli - buyurtma, iltimosni ifodalaydi.
Tog’ri va noto’g’ri fe’llar
Uch harfli fe’llar tog’ri va noto’g’ri turlarga bo’linadi.
To’g’ri fe’llar, ildizida “kuchsiz harflar” (- alif, w - vav, y – ya) mavjud emas fellar ataladi. To’g’ri fe’llarning 3 turi mavjud.
Noto’g’ri fe’llar “kuchsiz harflar” ni o’z ichiga olgan ildizi bo’lgan fe’llardir: - - (alif, w - vav, y – ya). Noto’g’ri fe’llarning 5 turi mavjud.